Konferensiya haqida

Butunjahon yoshlar konferensiyasi

Qayerda?

Navoi shahri, Navoi viloyati, O’zbekiston

Kim uchun?

Talabalar va 17 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan barcha davlat fuqarolari uchun

Ariza topshirish muddati

2019 yil 25-avgustgacha

Asosiy ma’lumot

“Xalqaro yoshlar konferensiya”si 6 xalqaro tashkilot va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi simulyatsiyasi hisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o’tkazilib kelayotgan xalqaro miqyosdagi konferensiya sifatida tan olingan.

Konferensiyani o’tkazishdan ko’zlangan maqsad dunyo yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashtirish va ularda liderlik va inteliktual qobilyatlarni shakllantirish, shuningdek ularda mavjud bo’lgan bilim va salohiyatlarini namoyon qila olish qobiliyatini yuzaga chiqarish, bundan tashqari mamlakatimiz yoshlariga xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuradigan yoshlar bilan fikr almashish imkoniyatini taqdim etish, do’stlar orttirish va qolaversa, yoshlarni xalqaro qonunchilik tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy ongi va salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi yo’lida munosib hissa qo’shish yo’lidagi sa’y-harakatlarini rag’batlantishdan iboratdir.

Konferensiya o’tkaziladigan vaqt

2019-yil 20-22-sentabr kunlari

Asosiy hamkor tashkilot

BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Anjuman doirasida quyidagi tashkilotlar modellashtiriladi:

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
  • Birlashgan millatlar tashkiloti
  • BMT Inson huquqlari qo'mitasi
  • Jahon banki
  • Yevropa ittifoqi
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti

Jami ishtirokchilar soni

400 nafar (ulardan 100 nafari xorijiy mamlakat fuqarolari)

Nomzodga qo’yilgan talablar

  • Konferensiyada 17-28 yosh orasidagi yoshlar qatnashishi mumkin
  • Ishtirokchilar o’zbek tili bilan bir qatorda xorijiy tillardan (ingliz yoki rus) birida erkin muloqat qila olishi darkor
  • Ishtirokchilar siyosat, huquq, iqtisodiyot va gumanitar sohalardan xabardor bo’lishi lozim
  • Ishtirokchilar Konferensiya kunlari (20-21-22 Sentyabr, 2019) Navoi shahrida bo’lishi talab etiladi

Qanday qilib “Xalqaro Yoshlar Konferensiya” sining ishtirokchisiga aylanish mumkin?

  1. Online ariza shaklini to’ldiring.
  2. Arizangiz bo’yicha yakuniy natijalarni bir hafta ichida qabul qiling.
  3. Elektron pochtangizga kelgan ko’rsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov badalini amalga oshiring.
  4. To’lov amalga oshirganidan so’ng siz rasman qabul qilgan hisoblanasiz va ishchi guruh tomonidan tashkil etilgan telegram guruhiga qo’shilasiz.

Anjumanda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov miqdori qancha?

Mahalliy ishtirokchilar uchun ishtirok etish narxi: 150,000 so’m
Xalqaro ishtirokchilar uchun ishtirok etish badali: 50 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo’lishadi?

  1. Ishtirokchilar konferensiya davomida ushbu anjumanda to’la qonli ishtirok etish imkoniga ega bo’ladi.
  2. Ishtirokchilar konferensiya kunlari tushlik va coffee break bilan ta’minlanadilar.
  3. Konferensiyaning har bir ishtirokchisi uchun taqdim etiladigan materiallar: beydjik, daftar, ruchka, papka va maxsus sumka bilan ta’minlanadilar.
  4. Ishtirokchilar xalqaro maqomga ega bo’lgan sertifikat bilan taminlanadi.
  5. Konferensiyaning birinchi kuni tugagach Ishtirokchilar “Ozero” (Navoi shahri) bo’ylab kechgi sayr qilish imkoniga ega bo’lishadi.
  6. Ishtirokchilar O’zbekistoning dunyoga mashhur tarixiy manzilgohlaridan minglab avliyolar yurti hisoblangan afsonaviy Nurota shahri bo’ylab tekin sayohat qilish imkoniga ega bo’lishadi va turistik yulboshchi biriktiriladi. Sayohat davomida yoʻl xarajatlari konferensiya tashkilotchilari tomonidan qoplanadi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harakat Yòl Patrul Xizmati xodimlari tomonidan biriktirilgan ishchi guruh bilan birgalikda olib boriladi.
  7. Konsert dasturi.
  8. “EUROASIA” ijtimoiy bazm.

Qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lish uchun quyidagi raqamga xabar yo’llashingiz mumkin:

+998 94 377 71 77 (Telegram: @golden_future) Email: Nematov_rustam97@mail.ru

Eslatma

“Xalqaro Yoshlar Konferensiya”sining ishchi guruhi viloyatlardan tashrif buyuradigan va xorijiy mamlakatlarda keladigan yoshlarni yotoqxona bilan ta’minlamaydi. Biroq, biz sizga qulay narxdagi yotoqxonalar ro’yxatini taqdim etamiz.